Asosiy matnga o'tish

UZ → TR

Yo'nalish sahifasi

Qoralama

Türkiye Bursları

Dastur
Türkiye Bursları (YTB)
Daraja
Bakalavriat, magistratura, doktorantura
Ariza oynasi
10-yanvar – 20-fevralTEKSHIRILGAN2026-11-09
Mundarija

Kimga mos

TEKSHIRILGAN2026-11-09
Rasmiy minimal shartlar (TB02)
DarajaMinimal o'zlashtirishYosh
Bakalavriat (associate, bachelor's)70%21 dan kichik
Magistratura75%30 dan kichik
Doktorantura (PhD)75%35 dan kichik
  • Tibbiyot, stomatologiya va farmatsiya uchun minimal o'zlashtirish 90%.
  • Barcha davlat fuqarolari ariza bera oladi. Türkiye fuqarolari va Türkiye universitetida shu darajada o'qiyotganlar bera olmaydi.
  • Bitirganlar va joriy o'quv yili oxirida (avgustgacha) bitiradiganlar ariza bera oladi.

Yosh qaysi sanaga qarab hisoblanishi rasmiy sahifada yozilmagan.

Qabul tizimi

Ariza onlayn, Türkiye Bursları tizimida (TBBS) topshiriladi: tbbs.turkiyeburslari.gov.tr. Onlayn arizada 12 tagacha tanlov qilish mumkin.

Ariza bosqichlari · har yilgi taqvim

TEKSHIRILGAN2026-11-09
  1. Ariza10-yanvar – 20-fevral
  2. Baholashmart – aprel
  3. Intervyuaprel – iyun
  4. Natijaavgust boshi

Natijadan keyin: avgustda dastlabki rasmiylashtirish, sentabrda Türkiye'ga kelish.

Moliyaviy yordam

TEKSHIRILGAN2026-11-09
  • O'qish to'lovi
  • Yotoqxona (bakalavriat talabalari uchun)
  • Tibbiy sug'urta
  • Bir martalik aviachipta
  • 1 yillik bepul turk tili kursi
Bakalavriat
6.500 TL / oy
Magistratura
9.500 TL / oy
Doktorantura
13.000 TL / oy

Oylik stipendiya summasi 2026-11-09 dagi rasmiy sahifadan. Summa o'zgarishi mumkin: ariza oldidan rasmiy saytda qarang.

Hujjatlar

TEKSHIRILGAN2026-11-09

TBBS tizimiga yuklanadi:

  • Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (ID karta yoki pasport)
  • Oxirgi 1 yil ichida tushgan foto
  • Milliy imtihon natijasi (bo'lsa)
  • Diplom yoki vaqtinchalik bitiruv guvohnomasi
  • Transkript
  • Xalqaro imtihon natijasi (GRE, GMAT, SAT va boshqalar): tanlangan universitet yoki dastur talab qilsa
  • Xalqaro til testi natijasi (TOEFL, DELF va boshqalar): tanlangan universitet yoki dastur talab qilsa

Faqat doktorantura uchun: tadqiqot mavzusi taklifi va bajargan tadqiqotingizdan yozma namuna.

Deadline

Umumiy ariza

10-yanvar – 20-fevral

Har yilgi taqvim, 2027 e'loni kutilmoqda

TEKSHIRILGAN2026-11-09
20-fevraloxirgi kun

Barcha muddatlar

Imtihon va til

TEKSHIRILGAN2026-11-09
  • GRE, GMAT, SAT kabi xalqaro imtihon va TOEFL, DELF kabi til testi faqat tanlangan universitet yoki dastur talab qilsa kerak.
  • Turkcha C1 sertifikati bo'lmagan grant oluvchilar (ingliz tilidagi dasturga joylashganlar ham) 1 yillik turk tili kursida o'qiydi va yil oxirigacha C1 sertifikatini olishi kerak (TB04).
  • Turk tili kursi dastur tilidan qat'i nazar hamma grant oluvchilarga bepul (TB05).

Kursdan ozod qilish shartlari rasmiy sahifalarda aniq yozilmagan.

Keyingi qadam

Bu yo'l sizga mosmi? 3 savolda tekshiring.

Ariza zinapoyasi: Türkiye Bursları bosqichma-bosqich
Topshirish yo'li

Natija kafolatlanmaydi. Tayanch Türkiye Bursları (YTB) bilan bog'liq emas. Qabul yoki grant ehtimoli hisoblanmaydi.

Manbalar va tekshiruv

Rasmiy manbalar

Sahifa tekshirilgan sana
2026-11-09
Keyingi tekshiruv
2026-12-09

Muhim izohlar

  • 2027-yil e'loni (rasmiy taqvimda yil yozilmagan)
  • Yosh chegarasi qaysi sanaga qarab hisoblanishi (TB02 da yozilmagan)
  • Ariza 5 qadami: rasmiy sahifada faqat rasm sifatida berilgan
  • Turk tili kursidan ozod qilish shartlari (TB04 va TB05 matni bir-biridan farq qiladi)
  • Magistratura va doktorantura uchun yotoqxona va uy-joy puli

Beta — in development